Hisobni o‘chirish

Bu sahifada So‘zgir ilovasining hisobini va u bilan bog‘liq ma’lumotni qanday o‘chirish mumkinligi yozilgan.

Eng tez yo‘l — ilovaning o‘zidan: profil bo‘limini oching, «Hisobni o‘chirish» tugmasini bosing va so‘ralgan tasdiqni bering.

Telefoningizda ilova qolmagan bo‘lsa, hisob qaysi pochtaga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa o‘sha pochtadan bizga yozing — so‘rovni 30 kun ichida bajaramiz.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 13-sentabr

Bu sahifada So‘zgir ilovasining hisobini va u bilan bog‘liq ma’lumotni qanday o‘chirish mumkinligi yozilgan.

Ilova orqali

Eng tez yo‘l — ilovaning o‘zidan. Profil bo‘limini oching, «Hisobni o‘chirish» tugmasini bosing va so‘ralgan tasdiqni bering.

Amal darhol bajariladi va qaytarib bo‘lmaydi.

Ilovasiz

Telefoningizda ilova qolmagan bo‘lsa, hisob qaysi pochtaga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa o‘sha pochtadan bizga yozing: [email protected]. Xatga taxallusingizni ham qo‘shing.

So‘rovni 30 kun ichida bajaramiz va bajarilgani haqida javob yozamiz. Boshqa pochtadan kelgan so‘rovni bajarmaymiz: hisob egasi ekaningizni tasdiqlashning boshqa yo‘li yo‘q.

Hisobni saqlab, ma’lumotni o‘chirish

Hisobni yo‘qotmasdan ham ma’lumotingizning bir qismini o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Masalan:

So‘rovni ro‘yxatdan o‘tgan pochtangizdan [email protected] manziliga yuboring va nimani o‘chirish kerakligini yozing. Hisobingiz o‘z joyida qoladi, o‘yinni davom ettiraverasiz.

Nima o‘chiriladi

Hisob o‘chirilganda quyidagilar butunlay yo‘qoladi:

Qurilmangizdagi sozlamalar va saqlangan o‘yin ilovani o‘chirganingizda ketadi.

Nima darhol o‘chmaydi

Ba’zi yozuvlar boshqa o‘yinchilar bilan umumiy bo‘lgani uchun avtomatik o‘chmaydi:

Bularni ham o‘chirishni istasangiz, [email protected] manziliga yozing va so‘rovda buni alohida ayting — qo‘lda o‘chiramiz.

Qo‘llab-quvvatlash to‘lovlari haqidagi yozuvlar buxgalteriya talabi bo‘yicha saqlanadi va hisob o‘chirilganda ham qoladi. Ular ismingizga emas, to‘lov identifikatoriga bog‘langan.