So‘zgirda nima o‘zgardi — eng yangisidan boshlab. Faqat odam sezadigan o‘zgarishlar.
Ro‘yxatda saytdagi va ilovadagi o‘zgarishlar sanasi bilan turadi: yangi o‘yin rejimlari, nishonlar, aqcha islohoti, jangdagi tuzatishlar.
2026-10-29 — ikkisi
Yashirilgan so‘z endi siz yopmaguningizcha ochiq turadi va ochiq so‘zlar soni chegaralanmaydi — ilgari beshta va bir kun edi. Reyting podiumi va turnir ochish oynasi qayta chizildi, klaviatura tugmalari kattalashdi.
2026-10-10 — sayt
Saytda ikkita hisob birligi bor edi: yig‘ilgan «aqcha» va onlayn jangdagi «o‘lja». Ikkinchi nom faqat chalkashtirardi — son o‘sha-o‘shaligicha qoldi, endi u ham aqcha deb ataladi va o‘z belgisi bilan chiqadi. Ilovada bu allaqachon shunday edi.
2026-09-20 — sayt
Bosh sahifada endi birinchi ekranda taxta turadi: o‘ynash uchun hech qayerga o‘tish va hech narsani surish kerak emas. Tanishtiruv matni o‘yin ostiga tushdi.
2026-09-20 — sayt
Ilovadagi yigirmata nishon saytga ham keldi va tasdiqlangan hisoblar ro‘yxati endi ikkala platformada bitta joydan o‘qiladi.
2026-09-19 — ilova
Yigirmata nishon: kunlik ketma-ketlik, topilgan so‘zlar, jangdagi g‘alabalar va o‘yinning boshqa burchaklari uchun. Nishon bir marta olingach qaytarib olinmaydi.
2026-09-18 — ikkisi
Sonlar o‘n barobar qisqardi va nom oldi: yig‘ilgan hisob endi aqcha, onlayn jang reytingi esa o‘lja. Saqlangan natijalarga tegilmadi — 5 980 ball 598 aqcha bo‘lib ko‘rinadi, xolos.
2026-09-17 — sayt
Sakkiz kishilik maydon saytda ham o‘ynaladi. Telefonda esa taxta va klaviatura bitta ekranga sig‘adi — o‘ynash uchun surish kerak emas.
2026-09-16 — sayt
Ilgari qidiruv roboti va ulashilgan havola butun saytni bitta bo‘sh sahifa deb ko‘rardi. Endi har manzil o‘z sarlavhasi, tavsifi va matni bilan keladi.
2026-09-12 — sayt
Yettita harfdan so‘z yig‘ish: kunlik g‘uncha, mashq va g‘uncha jangi. Telefon raqam bilan kirish ham shu kuni qo‘shildi.
2026-09-11 — sayt
Butun sayt tanlangan yozuvda ko‘rinadi — sarlavhadagi «O‘» tugmasi orqali. Tanlov brauzerda saqlanadi.