Kunlik so‘z butun O‘zbekistonda bir xil va ilovadagi bilan aynan bitta. Cheksiz rejimda esa 4 dan 7 harfgacha xohlagancha mashq qilasiz.
Har taxmindan keyin kataklar rang oladi: yashil — harf o‘z joyida, sariq — so‘zda bor lekin boshqa joyda, kulrang — yo‘q.
Sahifada o‘z statistikangiz, kunlik va umumiy reyting ham ko‘rinadi. Hisobga kirsangiz aqcha reytingga tushadi va boshqa qurilmadan ham ko‘rinadi.
O‘zbek alifbosiga moslangan: SH, CH, O‘ va G‘ bitta tovush, ya’ni taxtada bitta katak va klaviaturada bitta tugma. Yozuvni lotin, yangi lotin yoki kirillga almashtirish mumkin — so‘z o‘zgarmaydi, faqat ko‘rinishi.
Kunlik so‘zni o‘ynash uchun hisob kerak — natija reytingga tushadi va boshqa qurilmadan ham ko‘rinadi. Cheksiz rejim esa hisobsiz ochiq: u yerda natija faqat shu qurilmada qoladi.